22:53 / 15.03.2020
7982
Isroil bosh vaziri koronavirusga test topshirdi 

Isroil bosh vaziri vazifasini bajarayotgan Binyamin Netanyaxu koronavirusga test topshirdi. Test natijalari hali noma'lum.

Foto: Reuters

Bu haqda Isroil hukumati devonxonasi boshlig‘i ma'lum qildi.

“Bosh vazir devonxonasi boshlig‘ining xavfsizlik va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha o‘rinbosari ko‘rsatmalariga muvofiq, hukumat boshlig‘i Netanyaxuning yaqin atrofidagilardan va uning o‘zidan koronavirusga standart testlar olindi”, deyilgan xabarda.

Test natijalari qachon ma'lum bo‘lishiga aniqlik kiritilmagan.

15 mart holatiga ko‘ra, Isroilda koronavirusga chalinganlar soni 200 nafarga yetgan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top