08:36 / 15.03.2020
13237
Misrda ob-havo o‘zgarishi ortidan o‘nlab kishilar halok bo‘ldi

Misrda ancha yillardan buyon kuzatilmayotgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli 20dan ortiq odam halok bo‘lgan.

REUTERS/Mohamed Abd El Ghany

Payshanba kuni erta tongdan kuchli shamol va yomg‘irlar boshlanishi kattagina talafotlarni keltirib chiqargan.

«Misr 35 yoki 40 yildan beri bunday noqulay ob-havo sharoitlarini boshdan kechirmagan edi. Ushbu ob-havo sharoiti butun mamlakat bo‘ylab 20dan ortiq odam o‘limiga sabab bo‘ldi», degan Misr bosh vaziri Mustafo Madbuli.

Bu esa, o‘z navbatida, mashinalar qatnovi, poyezdlar, portlar va aviareyslarga o‘z ta'siri o‘tkazmasdan qolmadi.

Ma'lumotlariga ko‘ra, payshanba kuni Qohirada ikkita yo‘lovchi poyezdi to‘qnashib ketgan. Natijada o‘n uch kishi jarohat olgan. Payshanba va juma kunlari elektr toki urishi, binolar qulashi va yo‘l-transport hodisalari oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgan.

Qohira ko‘chalarini suv bosgan. Mahalliy aholi tomonidan hukumatning eski binolarni yaxshilash borasida hech qanday ishlar amalga oshirmayotgani tanqid qilingan.

Top