16:30 / 15.03.2020
82147
Qozog‘istonda favqulodda holat e'lon qilindi
Foto: REUTERS

Qozog‘istonda favqulodda holat e'lon qilindi, deb xabar bermoqda Express.kz.

Xabarga ko‘ra, bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov ma'lum qilgan.

«Bugun ertalab yana ikki bemor aniqlandi. Ulardan biri 1959 yilda tug‘ilgan ayol bo‘lib, avvalroq uning Moskvadan kelgan erida koronavirus aniqlangandi», - degan Birtanov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ikkinchi holat Olmaota-Seul reysi bilan kelgan 1995 yilda tug‘ilgan kishida aniqlangan.

Vazirning ma'lumot berishicha, Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni rasman 8 kishiga yetgan.

Ma'lum qilinishicha, Qozog‘iston prezidenti koronavirus sababli mamlakat hududida favqulodda holat e'lon qilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat qayd etilgandi

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top