08:00 / 15.03.2020
4588
Saratov oblastidagi yo‘l-transport hodisasida o‘zbekistonliklar jabrlandi
Foto: RIA Novosti / Maksim Bogodvid

Rossiyaning Saratov oblasti Yershov tumanida ikkita avtomobil ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida O‘zbekistonning 6 nafar fuqarosi jabr ko‘rdi.

Bu haqda Saratov oblasti matbuot xizmatiga tayanib TASS axborot agentligi xabar berdi. 

Yo‘l-transport hodisasi Larus va Lexus avtomobillari to‘qnashuvi oqibatida kelib chiqqan. Jabrlanganlar Largus avtomobilida bo‘lgan, ular shifoxonaga joylangan. Lexus’da erkak va ayol hamda 2 yosh bola bo‘lgan. Ular lat yeyish jarohatlari olishgan.

Avtofalokat Qozog‘iston chegarasiga olib boruvchi yo‘lda yuz bergan. Dastlabki taxminga ko‘ra, Lada Largus haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, Lexus bilan to‘qnashgan.

Top