19:24 / 15.03.2020
43403
TIV: O‘zbekiston fuqarolariga mamlakatga kirish taqiqlanmagan

Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolariga vatanga qaytish uchun davlat chegarasidan o‘tish taqiqlanmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi chet elda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari va mamlakatimizdagi boshqa davlatlar fuqarolariga murojaat qildi.

«Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolariga vatanga qaytish uchun davlat chegarasidan o‘tish taqiqlanmaydi. O‘zbekiston hududiga kirishga qo‘yilgan cheklovlar, avvalambor, boshqa davlatlarning fuqarolariga tegishli.

Shu bilan birga, davlatdan tashqariga chiqish bo‘yicha vaqtincha taqiq O‘zbekiston fuqarolariga tegishli bo‘lib, hozirda mamlakatimizda bo‘lib turgan xorijiy fuqarolarga nisbatan qo‘llanilmaydi», deyiladi vazirlik xabarida.

Bundan avvalroq 16 martdan O‘zbekistonning chet el davlatlari bilan avia va avtomobil qatnovlari to‘xtatilishi, O‘zbekiston fuqarolarining chet davlatlarga chiqishi, chet davlat fuqarolarining O‘zbekistonga kirishi taqiqlanishi haqida xabar berilgandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top