10:21 / 16.03.2020
7160

AQShda tayanch stavkasi deyarli nol qiymatgacha tushirildi 

AQShning Federal zaxira tizimi koronavirusning iqtisodiyotga ta'siri sababli asosiy tayanch stavkasining pasaytirilishini e'lon qildi. Bu stavkaning mart oyidagi ikkinchi tushirilishidir va u deyarli nol qiymatgacha pasaytirilgan.

Foto: Andy Wong / AP

Asosiy tayanch stavka 0,0-25 foizgacha pasaytirilgan.  

Ta'kidlanishicha, ushbu qaror koronavirus oqibatlari “yaqin orada iqtisodiy faollikka bosim o‘tkazishi va iqtisodiy istiqbollar uchun xavflar tug‘dirishi” sababli qabul qilingan. Bu qiymat iqtisodiyot “oxirgi hodisalardan o‘ta olgani” ayon bo‘lgungacha saqlanib qoladi.

Bu tayanch stavkasining 2 haftadan kamroq vaqt ichida ikkinchi marta pasaytirilishidir. 3 mart kuni FZT shoshilinch yig‘ilishda 2008 yil Lehman Brothers banki bankrot bo‘lgandan keyin birinchi marta stavkani 0,5 foizga, ya'ni 1-1,25 foizgacha tushirgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp stavkaning tushirilishini “yaxshi yangilik” deb atagan. Tramp koronavirus pandemiyasigacha FZTni tayanch stavkasini nol yoki undan ham pastroq – manfiy qiymatgacha tushirishga chaqirib kelgan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top