17:48 / 16.03.2020
124184
Bahodir Toshmatov lavozimini tark etdi

Milliy gvardiya qo‘mondoni Bahodir Toshmatov lavozimini tark etgan.

Bahodir Toshmatov / videoskrinshot

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga yangi qo‘mondon tayinlandi.

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, general-mayor Rustam Mirzayevich Jo‘rayev O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni lavozimini egalladi.

Rustam Jo‘rayev

U bu lavozimda 2017 yilning avgustidan buyon ishlab kelgan Bahodir Hamidovich Toshmatov o‘rnini egalladi.

Rustam Jo‘rayev 2018 yilning fevralidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari - Toshkent shahar IIBB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Toshmatov 2019 yilning yanvarida general-polkovnik harbiy unvoni bilan taqdirlangandi. U lavozimini nega tark etgani haqida hozircha ma'lumot yo‘q.

 

Top