21:17 / 16.03.2020
7742
Fransiya Apple’ga 1,1 mlrd yevro jarima soldi

Fransiya rasmiy idoralari AQShning Apple kompaniyasiga monopoliyaga qarshi qonunchilik talablarini buzgani uchun 1,1 mlrd yevro jarima soldi.  

Foto: Getty Images

Bu haqda Fransiyaning molnopoliyaga qarshi boshqarmasi ma'lum qildi

Bundan tashqari, boshqarma Apple mahsulotlari ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi Tech Data va Ingram Micro kompaniyalarini noraqobatdosh faoliyat uchun mos ravishda 76,1 mln yevro va 63 mln yevrolik jarimaga tortgan.

Ta'kidlanishicha, Apple o‘zining ikki ulgurji dileri - Tech Data va Ingram Micro kompaniyalari bilan o‘zaro raqobat qilmasliklariga va dilerlar o‘rtasida raqobatni bartaraf etishga kelishib olgan. Kompaniyalar shu tariqa Apple mahsulotlari ulgurji bozorini raqobatdan mahrum qilgan.

Apple’ga solingan jarima Fransiya antimonopol boshqarmasi solgan eng katta jarima bo‘lib, bu boradagi avvalgi “rekord” natija 2015 yilda Orange SA kompaniyasiga solingan 350 mln yevrolik jarima hisoblanadi. 

Boshqarma Apple’ga qarshi taftishni 2012 yilda eBizcuss reselleri tomonidan qilingan shikoyat sababli boshlagan.

2020 yilda AQSh kompaniyasi eski modeldagi iPhone’lari ishlashi sekinlashgani uchun Fransiyada 27 mln yevro jarimaga tortilgandi.

Top