«O‘zbekiston» telekanalidagi «Munosabat» ko‘rsatuvida koronavirus mavzusida so‘z bordi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Maqsuda Vorisova so‘zga chiqib, himoya vositalari haqida gapirdi.
«Koronavirusdan himoyalanish uchun niqob taqishga majbursiz. Uni 10 yoki 20 kun taqmaysiz. Mana, o‘zimizda marlya (doka) bor. Shundan tikib olish mumkin. Uni har uch soatda almashtirish, sovunli suvda yuvib, dazmollash kerak.
Agar bitta niqob bilan kun bo‘yi yursak, infeksiyani niqobga yig‘ib olamiz.
Niqob tanqisligi bo‘lyapti? Marlya olasiz va tikasiz, bu qiyin narsa emas. Fuqaro koronavirusdan himoyalanish uchun oddiy doka niqobdan foydalanishi mumkin. Lekin bemorlar bilan muomala qiladigan shifokorlar to‘liq yopiladigan, respirator shaklidagi niqob taqishi shart», – dedi Maqsuda Vorisova.