15:53 / 16.03.2020
8240
O‘zbekiston tibbiy niqoblar ishlab chiqarishni kuniga 2 million donaga yetkazishga tayyor
Foto: RIA Novosti

Tibbiy niqoblar ishlab chiqaradigan O‘zbekiston korxonalari ishlab chiqarish hajmini kuniga 2 million donagacha oshirishga tayyor. Bu haqda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘tkir respirator virusli infeksiyalar va grippning epidemik ortishi davrida aholi tomonidan tibbiy niqoblarga bo‘lgan talabni qondirish, shuningdek, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish maqsadida 2020 yil yanvar-mart oylarida sohada o‘nlab xususiy korxonalar uchta asosiy turdagi tibbiy niqoblar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi va kengaytirdi:

filtr qatlami va ikkita tashqi qatlamni o‘z ichiga olgan, sintetik materiallardan (spanbond) maxsus mashinalarda yopishtirilgan «bir martalik 3 qatlamli tibbiy niqoblar»;

tikuv uskunasida tikilgan «spanbonddan bir martalik 3 qatlamli tibbiy niqoblar». Bugungi kunda ishlab chiqarish yangi mahsulot turi sifatida respublika mintaqalaridagi tikuvchilik korxonalari tomonidan tashkil etildi;

butunlay mahalliy xomashyolardan tayyorlangan «3-4 qatlamli dokali tibbiy niqoblar». Deyarli barcha tikuv sexlari tomonidan ishlab chiqarish tashkil etilgan.

Uyushma ma'lumotlariga ko‘ra, mart oyi boshida monitoring ostida bo‘lgan korxonalarning umumiy ishlab chiqarish quvvati kuniga 500 ming dona niqobdan oshdi, u 1 million donadan ham, keyinchalik kuniga 2 million donadan ham ortishi mumkin (mamlakatning dorixona tarmoqlari va sanitariya xizmatlarida yetarlicha zaxira yaratilgan). 

Ta'kidlanishicha, tibbiy niqoblarni uzluksiz ishlab chiqarishni yanada kengaytirish choralari ko‘rilmoqda (3 smenada, asosiy xomashyo zaxiralari - «spanbond» oshirilgan, shuningdek, tayyor niqoblarni olib kirish, yangi ishlab chiqaruvchilarni sanitariya idoralari tomonidan sertifikatlash va boshqalar ko‘paytirilgan), shuningdek, tegishli tuzilmalar tomonidan ularni dorixona tarmoqlari, tibbiyot muassasalari va boshqalar orqali tarqatish tizimi tashkil etilgan. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top