00:55 / 16.03.2020
271495
O‘zbekistonda yana uch kishida koronavirus aniqlandi

Dastlabki bemorning ikki farzandida, shuningdek Turkiyadan kelgan boshqa bir O‘zbekiston fuqarosida koronavirus aniqlandi.

11 martda Fransiyadan qaytgan O‘zbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirusi 15 mart kuni aniqlangach, u bilan muloqotda bo‘lgan barcha oila a'zolari ham respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi yotqizilgan edi.

Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma'lum qilishlaricha, tahlil natijalari bemorning o‘g‘li va qizida koronavirus infeksiyasi borligini ko‘rsatgan.

Shuningdek, 15 mart kuni soat 05:15da Uzbekistan Airways aviakompaniyasining «Istanbul-Toshkent» yo‘nalishidagi 274-reysi bilan kelgan O‘zbekiston fuqarosida ham koronavirus aniqlangan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top