17:22 / 16.03.2020
6110
O‘zbekistonga qaytishni istagan fuqarolardan diplomatik vakolatxonalarga murojaat qilish so‘raldi

Chet elda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari va mamlakatdagi xorijiy davlatlar fuqarolariga maxsus ma'lumot berildi

Foto: Ramiz Baxtiyarov

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi xabariga ko‘ra, vazirlik mamlakatning xorijdagi elchixonalari va konsullik muassasalari, tegishli vazirliklar, idoralar va kompaniyalar bilan birgalikda O‘zbekiston fuqarolarining ro‘yxatlarini tuzish va ularni vatanga qaytarish uchun charter reyslarini tashkil etish ustida ishlamoqda. 

Bildirilishicha, bunda O‘zbekiston fuqarolari qaytib kelganlaridan keyin 14 kunlik karantinda bo‘ladilar.

Qaytishni istagan hamyurtlardan xorijdagi yashash joylari bo‘yicha diplomatik vakolatxonalarga murojaat qilish so‘ralgan.

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi tegishli xorijiy davlatlar elchixonalari bilan birgalikda mamlakatdagi xorijiy fuqarolarning ro‘yxatlarini tuzmoqda va ularning O‘zbekistondan chiqishini tashkillashtirish ustida ishlamoqda.

Avvalroq, xorijda qolib ketgan o‘zbekistonliklar charter aviareyslar bilan vatanga qaytarilishi kutilayotgani  xabar berilgandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top