17:09 / 16.03.2020
19618
Rossiya O‘zbekistondagi fuqarolarini maxsus bortlarda olib ketishga tayyorlanmoqda

O‘zbekiston 16 mart kunidan e'tiboran jahonning barcha mamlakatlari bilan avia va avtomobil qatnovlarini to‘xtatdi. 

Foto: Rossiya FVV

Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasi O‘zbekistonni tark etish istagida bo‘lgan fuqarolari uchun maxsus bortlar tashkil etish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda elchixona matbuot xizmati xabar berdi.

"Ayni vaqtda O‘zbekistondan Rossiya fuqarolarini olib chiqib ketish uchun maxsus bortlar tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Buning uchun elchixona O‘zbekistonni tark etish istagida bo‘lgan fuqarolarning ro‘yxatini tuzadi", - deyiladi elchixona xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus yuqtirgan ilk bemor 15 mart kuni aniqlandi, u 11 mart kuni Fransiyadan kelgan o‘zbekistonlik ayol bo‘ldi. Kun oxiriga borib uning o‘g‘li va qiziga ham virus yuqqani tasdiqlandi. Shuningdek, 15 mart kuni soat 05:15da Istanbul—Toshkent yo‘nalishidagi 274-reys bilan Toshkentga kelgan yana bir O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

16 mart kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana ikki kishida virus aniqlangani haqida xabar qildi.

O‘zbekiston 16 mart kunidan e'tiboran jahonning barcha mamlakatlari bilan avia va avtomobil qatnovlarini to‘xtatdi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top