18:06 / 16.03.2020
35944
Toshkent IIBBga yangi boshliq tayinlandi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, polkovnik Aziz Anvarovich Toshpo‘latov Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari - Toshkent shahar IIBB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Aziz Toshpo‘latov 2019 yilning yozidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi. U muqaddam Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan.

Bundan avvalroq, Toshkent shahar IIBBning sobiq boshlig‘i Rustam Jo‘rayev Bahodir Toshmatov o‘rniga Milliy gvardiya qo‘mondoni bo‘lgani xabar qilingandi.

Top