11:33 / 17.03.2020
25913

Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida qonun qabul qilindi

Endi O‘zbekiston Respublikasi aholisi o‘n yilda kamida bir marta majburiy ravishda ro‘yxatga olinadi

Foto: KUN.UZ

2020 yil 16 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Qonunning maqsadi aholini ro‘yxatga olish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi aholisi har o‘n yilda kamida bir marta ro‘yxatga olinadi. Davlat statistika qo‘mitasi aholini ro‘yxatga olish sohasidagi maxsus vakolatli organ hisoblanadi.

Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishga va uni o‘tkazishga ko‘maklashishi, aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risida xabardor qilish jarayonida ishtirok etishi, shuningdek bu jarayonlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi mumkin.

Qonun rasman e'lon qilingan kundan kuchga kiradi.

Top