16:40 / 17.03.2020
22528

«E-IJRO AUKSION»: Biznes uchun yer uchastkalarini onlayn-auksionda olgan shaxs sarson bo‘lmaydi

2018 yildan buyon respublika bo‘yicha qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalari tadbirkorlik va uy-joy qurish uchun faqat «E-IJRO AUKSION» savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali berilmoqda.

Hozirda e-auksion.uz savdo maydonchasida Toshkent, Farg‘ona, Qashqadaryo, Sirdaryo, Buxoro, Xorazm, Surxondaryo va Samarqand viloyatlaridan 150 dan ortiq yer uchastkalari tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun onlayn-auksionga chiqarilgan.

O‘rnatilgan tartibga ko‘ra tadbirkorlik uchun yer uchastkalarini berishda quyidagi qulayliklar yaratildi:

  • jismoniy va yuridik shaxslar aniq investitsiya majburiyatlari bilan birga yer uchastkasini onlayn-auksionga joylashtirish bo‘yicha takliflar kiritish huquqiga ega;
  • xaridor yer uchastkasini auksionda olganidan so‘ng qurilish talabalari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash uchun sarson bo‘lmaydi, barcha texnik shartlar auksionga qadar tasdiqlanadi;
  • yer maydoni auksion g‘olibiga berilgan bayonnoma orqali tuman yoki shahar hududiy kadastr bo‘limlarida rasmiylashtiriladi, bunda avvalgidek hokim qarorini chiqarish talab etilmaydi;
  • yer egasi mazkur yer uchastkasida qurishga ruxsat berilgan va taqiqlagan obektlar ro‘yxatidan o‘zi istagan yo‘nalishni tanlagan holda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishi mumkin.

Tadbirkorlik uchun yer uchastkalari bilan tanishish hamda sotib olish uchun e-auksion.uz savdo maydonchasiga tashrif buyuring, ro‘yxatdan o‘ting va ariza topshiring.

e-auksion.uz savdo maydonchasida o‘tkaziladigan onlayn-savdolarda ishtirok etishda quyidagi videoqo‘llanmalarni tavsiya etamiz:

1. e-auksion.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish va hisobvaraqni to‘ldirish

Youtube: youtube.com/watch?v=a-GMKak8Tt0

Tas-ix: mover.uz/watch/98lXMGWm

2. e-auksion.uz saytida lotga ariza berish va auksionda ishtirok etish

Youtube: youtube.com/watch?v=YBA1NpmYA0M

Tas-ix: mover.uz/watch/jeKYMGWm

«Elektron onlayn-auksionlarni
tashkil etish markazi» DUK PR-xizmati

Top