15:30 / 17.03.2020
2469
Kapital bozori agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari tayinlandi 

Tursunboy Mahkamov Kapital bozori agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimini egalladi

Tursunboy Mahkamov

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 16 martdagi qaroriga muvofiq, Tursunboy Erkinovich Mahkamov Kapital bozori agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 

T.Mahkamov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Agentlikning Kapital bozorini tahlil qilish va qonun hujjatlarini takomillashtirish boshqarmasi rahbari lavozimida ishlab kelgan.

Tursunboy Mahkamov 1983 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bakalavriati (2004 y.) va magistraturasini (2006 y.) tamomlagan, mutaxassisligi – xalqaro iqtisodiy munosabatlar.

Ma'lumot uchun, bunga qadar Asqar Obidov Kapital bozori agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. U 2019 yil 26 sentabr kuni lavozimini tark etgan.

Top