14:20 / 17.03.2020
5253
O‘zbekiston yana bir xalqaro shartnomani tasdiqlaydi

O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida daromad soliqlari bo‘yicha ikkiyoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish hamda soliqlarni to‘lashdan bosh tortish va bo‘yin tovlashning oldini olish to‘g‘risidagi Konvensiya tasdiqlanishi mumkin

Foto: Ramil Sitdikov

Prezidentning “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida 2019 yil 19 dekabrda Tokio shahrida imzolangan daromad soliqlari bo‘yicha ikkiyoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish hamda soliqlarni to‘lashdan bosh tortish va bo‘yin tovlashning oldini olish to‘g‘risidagi Konvensiya tasdiqlanishi mumkin.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari O‘zbekiston tomonidan bajarilganligi to‘g‘risida Yaponiya tomoniga tegishli bildirishnoma yo‘llaydi.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirliklar va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari bajarilishi ustidan nazoratni ta'minlaydi.

Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklanadi.

Top