22:36 / 17.03.2020
10243

Poytaxtdagi samarqandlik va andijonlik talabalarni uyga eltish uchun bepul avtokarvon yo‘lga chiqmoqda

Samarqand va Andijon viloyatlari hokimliklari tashabbusi bilan Toshkent shahrida tahsil olayotgan talaba-yoshlarni koronavirus karantini sabab e'lon qilingan ta'til tufayli uylariga bepul yetkazib qo‘yish choralari ko‘rilmoqda.

Samarqand viloyat transport boshqarmasi tomonidan 18 mart kuni soat 09:00 va 10:00 larda «Toshkent» avtovokzalidan Samarqand shahriga homiylar ko‘magida bepul avtobuslar yo‘lga chiqadi.

Shuningdek, Andijon viloyat hokimligi hamda transport boshqarmasi tashabbusi bilan Toshkent shahridan Andijon viloyatiga ketishi rejalashtirgan talaba yoshlar va fuqarolarni olib kelish maqsadida 17 mart soat 17:00 da Andijon shahridan Toshkent shahriga 20 dona yengil avtomobillardan tashkil topgan «Avtokarvon» yo‘lga chiqqan.

Mazkur avtakarvon 18 mart kuni soat 09:00 da Toshkent shahrining «Qo‘yliq» avtoturargohidan yo‘lovchilar bilan Andijon viloyatiga qaytadi. Avtokarvon bilan yo‘lovchilar Andijon viloyatiga bepul olib ketiladi. 

Talaba yoshlar 18 mart kuni ko‘rsatilgan vaqtlarda yo‘lga aytilgan joyda hozir bo‘lishlari va xizmatdan foydalanishlari mumkin.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top