21:39 / 17.03.2020
14406
Professor Xayrulla Mustafoyev: Koronavirus dunyo uchun yangilik emas

Ommaviy axborot vositalarida yangi turdagi koronavirus deb aytilayotgan bu virus aslida yangilik emas, dedi tibbiyot fanlari doktori, professor Xayrulla Mustafoyev “O‘zbekiston24” telekanaliga bergan intervyusida.

Videodan kadr

“Bu virus xususiyatlarini gapirishdan oldin ozgina tarixga e'tibor berishimiz kerak. 1997 yilda parranda grippi chiqdi, undan keyin cho‘chqa grippi chiqdi va 2010 yilda tuya grippi chiqdi. Bularning hammasi bitta oilaga mansub virus hisoblanadi. Shuning uchun dunyoga bu yangilik emas”, dedi professor.

Mustafoyevning so‘zlariga ko‘ra, virus mutatsiyaga uchramoqda.

“Ammo-lekin bu virus o‘z xususiyatlarini o‘zgartirib bormoqda. Shuning uchun aholi orasida “bu vahimali virus” degan fikr kelib chiqyapti. O‘sha 1997 yildayam, 2010, 2012 yillardayam dunyoning 30-35 davlatida kasallik tarqalgan. Ko‘p talafotlar bo‘lgan, lekin bizning hududda bu virus kirib kelgan taqdirda ham avj olishi uchun sharoit bo‘lmagan. 

Gripp virusi ham, o‘tkir respirator, yuqumli kasalliklar viruslari ham - hammasi bir oiladan chiqqan. Bu virusning asosiy manbasi hayvonlar bo‘ladi. Xitoy misolida olsak, bu yerda ilonlar, ko‘rshapalaklar va boshqa hayvonlardan kelib chiqqani aniqlandi. Inson faol ravishda tabiat muvozanatini buzib kirganidan keyin virus harakatga tushgan. Chunki virus yashaydigan joy yo‘qolib ketgan, virus o‘z xususiyatlarini o‘zgartirib, mutatsiya jarayonida kasallik chaqirish kuchayib va yuqumliligi oshib ketdi. Virusning yangi xususiyatlari bor, lekin asosiy negizi eski virus hisoblanadi”, dedi Xayrullo Mustafoyev.

17 mart holatiga dunyo bo‘yicha kasallik yuqtirganlar soni 180 mingdan oshdi, 7 mingdan ortiq kishi vafot etdi.

 

Top