23:26 / 18.03.2020
9782

Avstraliya koronavirus sababli favqulodda holat e'lon qildi 

Avstraliyada koronavirus epidemiyasi sababli favqulodda holat e'lon qilindi. Ta'kidlanishicha, u yarim yil davom etishi mumkin.

Foto: NewsGP

18 mart kuni Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison epidemiya sababli “biologik xavfsizlik sohasida favqulodda vaziyat” e'lon qildi. Ta'kidlanishicha, u yarim yil davom etishi mumkin.

Morrison fuqarolar barcha xorijiy safarlardan voz kechishlari kerakligini aytgan. Kiritilgan tartib hukumatga aholi punktlarini yopishga, komendantlik soati kiritishga va karantin e'lon qilishga ruxsat beradi.

Avvalroq favqulodda holat Avstraliyaning bir nechta shtatlarida kiritilgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Avstraliyada koronavirusdan 383 ta kasallanish holati va 5 ta o‘lim qayd etilgan. 27 kishi undan sog‘ayib ketgan. 

Hozirda koronavirus epidemiyasi sababli AQSh, Italiya, Ispaniya, Chexiya, Litva, Latviya, Serbiya, Estoniya, Armaniston, Qozog‘iston, Livanda favqulodda holat rejimlari amal qilmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top