18:19 / 18.03.2020
15290

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ: korxonamizning masofaviy xizmat turlaridan foydalaning

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari

Mamlakatimizda koronavirus tarqalishini hamda uni yuqtirib oluvchilar sonining ko‘payib ketmasligini oldini olish maqsadida hukumatimiz tomonidan ko‘rilayotgan tegishli chora-tadbirlarga muvofiq, ehtiyot chorasi sifatida aholining uyda qolishi va zarur bo‘lmagan holatlarda odamlar ko‘p to‘planadigan joylarga chiqmasligi maqsadga muvofiqligi tavsiya etilmoqda.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ barcha yurtoshlarimizga mustahkam sog‘liq tilagan holda, o‘zining bir qator masofaviy xizmat turlari va iste'mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lovni amalga oshirish imkoniyatlari borligini eslatib o‘tadi.

Jamiyatning rasmiy veb-sayti www.het.uz orqali zarur ma'lumotlarni olishlari mumkin.

Elektr energiyasi iste'molchilarining o‘z shaxsiy hisob raqamlari orqali iste'mol qilingan elektr energiyasi miqdori va qoldiq to‘g‘risida va boshqa ma'lumot beruvchi «Elektrohisob» dasturi ham mavjud.

Iste'molchilarning foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud barcha to‘lov tizimlari hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Shu munosabat bilan fuqarolarimizdan elektr tarmoqlari va bank kassalariga tashrif buyurmasdan to‘lovlarni amalga oshirishlarini tavsiya etamiz.

Elektr energiyasi bilan bog‘liq muammo, kamchilik va takliflar bilan boshqaruv raisining «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ bilan muloqot (t.me/hetmuloqot) kanaliga murojaat qilishlari mumkin.

Butun respublika bo‘ylab aksiyadorlik jamiyatining 1154 qisqa raqamli Call- markazi tunu-kun ishlamoqda.

Yuridik shaxslar www.het.uz saytida shaxsiy kabineti hisob raqamlari orqali o‘z shaxsiy hisob raqamlari holati to‘g‘risidagi ma'lumotlarni olishlari hamda foydalanilgan elektr energiyasi uchun ma'lumotlarni hisobot shaklida yuborishlari mumkin.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati

Top