10:33 / 18.03.2020
6104

Isroilning Berlindagi elchisida koronavirus aniqlandi

Isroilning Berlindagi elchisi Jyeremi Issaxarov va elchixonadagi isroillik bir diplomat koronavirusning yangi turiga chalingan.

Foto: Anadolu Ajansi

Isroil Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilishicha, mamlakatning Berlindagi elchisi Issaxarov va elchixonadagi isroillik bir diplomatning Germaniya Federal Assambleyasining ismi oshkor qilinmagan deputati bilan uchrashuvidan keyin Covid-19 testi o‘tkazilgan va natija ijobiy chiqqan.

Bayonotda Issaxarov va diplomatning sog‘lig‘i yaxshiligi va ularning har ikkisi o‘z uyidaligi aytilgan.

Ushbu voqeadan so‘ng, Isroilning Berlindagi elchixonasi yopilgan, elchixonadagi barcha diplomatlar o‘z uylarida karantinga olingan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top