18:35 / 18.03.2020
14983
Mobiuz Kun.uz va boshqa saytlarga bepul kirish imkonini taqdim etdi

Mobiuz mobil operatori O‘zbekistonning 7ta yangiliklar saytiga kirishda internet-trafik sarflanmasligini ta'minladi. Shuningdek, kompaniya bir qator axborot-ta'lim resurslariga ham bepul kirish imkonini taqdim etgan.

Foto: Mobiuz

16 martdan boshlab O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi tarqalishi oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ommaviy tadbirlar bekor qilindi, bog‘chalar, maktablar va oliygohlarda o‘qishlar to‘xtatildi, koronavirusga chalingan yoki gumon qilinayotgan insonlar karantin va nazoratga olindi. Jamiyatimizda ushbu mavzu bo‘yicha yangiliklar doimiy kuzatilayotgan va faol muhokama qilinayotgan bir paytda tezkor, aniq va haqiqatga mos ma'lumotlarni olish ahamiyatlidir.

Mobiuz mobil operatori mazkur yilning 1 may sanasigacha abonentlar uchun O‘zbekistonning yettita yangiliklar saytiga kirishni bepul qildi. Ular – Daryo.uz, Kun.uz, Uznews.uz, Gazeta.uz, Podrobno.uz, Uzreport.news va Xabar.uz veb-saytlaridir.

«Bu orqali Mobiuz abonentlari koronavirus bo‘yicha yangiliklardan va joylashtirilayotgan tahliliy ma'lumotlardan yanada kengroq xabar topadi, degan umiddamiz. Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari koronavirus mavzusini keng yoritmoqda, axborot-tahliliy materiallar berib borishmoqda. Endi abonentlarimiz megabaytlari haqida qayg‘urmasdan bu materiallar bilan tanishib chiqishlari mumkin», - deya izohlaydi Mobiuz Bosh direktorining marketing va sotuvlar bo‘yicha o‘rinbosari Lola Filatova.

Avvalroq Mobiuz O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi call-markazining yagona 1003 raqamiga bepul qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etgan edi. Aholi ushbu raqam orqali koronavirus bilan bog‘liq barcha savollarga mutaxassislardan javoblar olishi mumkin.

«Lekin bu ham hali hammasi emas. Kompaniya o‘sib kelayotgan avlod, ularning ota-onalari va pedagoglar manfaatlari haqida ham doimiy tarzda o‘ylamoqda. O‘tgan yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda abonentlar uchun bir qator axborot-ta'lim saytlariga kirishni bepul qilingan edi. Ular qatorida Eduportal.uz XTV axborot-ta'lim portali, Kitob.uz Respublika bolalar kitobxonasi veb-sayti va boshqa veb-resurslardir (uzedu.uz, xtv.uz, pm.xtv.uz, xt.uzedu.uz, stat.uzedu.uz, emis.uzedu.uz, kundalik.com). 

Koronavirus pandemiyasini oldini olish chora-tadbirlari doirasida vaqtincha qo‘shimcha qulayliklar yaratildi. Mobiuz abonentlari endi mobil Internet trafigini sarflamagan holda edumarket.uz, online-maktab.uz, talim.uzedu.uz, utube.uz va itschool.uz ta'lim portallarining imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin. Bu esa yoshlar, ota-otanalar hamda o‘qituvchi-murabbiylar uchun shu kunlarda juda dolzarb», deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarida.

Qayd etish kerakki, veb-resurslarga, shu jumladan OAV saytlariga kirishda proksi-server, shu jumladan VPN’dan foydalanilgan bo‘lsa, mobil internet trafigi narxlanishni boshlaydi.

Kun.uz saytining Android va iOS qurilmalari uchun mo‘ljallangan mobil dasturlarini ko‘chirib oling.

 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top