10:04 / 18.03.2020
130966
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 13 kishiga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 13 kishiga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Foto: Alissa Eckert, MS; Dan Higgins, MAM/CDC/Handout via REUTERS

So‘nggi ma'lumotlarga qaraganda, Istanbuldan kelgan O‘zbekiston fuqarosi va Londonda bo‘lib qaytgan yana bir fuqaroning turmush o‘rtog‘ida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Har ikki fuqaro ham qat'iy tibbiy nazoratda bo‘lgan. 

Ayni paytga kelib, ushbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 13 nafarga yetdi. Bemorlarning ahvoli hozircha qoniqarli bo‘lib, shifokorlar tomonidan standartlar asosida davolash muolajalari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekistonda 15 mart kuni koronavirusga chalingan ilk bemor qayd etildi. Ayni vaqtga kelib bunday bemorlar soni 13 nafarni tashkil qilmoqda.

O‘zbekistonga koronavirus to‘rtta reys orqali kirib keldi:

  • Birinchisi, 11 mart kuni Parij-Toshkent reysi. Bu reys orqali uchgan shifokor ayol O‘zbekistonda o‘g‘li, qizi, turmush o‘rtog‘i, nabirasi va qarindoshiga virus yuqtirib ulgurdi (6 bemor).
  • Ikkinchisi, 15 mart kuni soat 05:15da Istanbul—Toshkent yo‘nalishidagi 274- reys (4 bemor).
  • Uchinchisi, 14 mart kuni London–Toshkent yo‘nalishidagi 201-reys (2 bemor). 
  • To‘rtinchisi, Dubay–Toshkent yo‘nalishidagi reys (1 bemor).
Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top