13:51 / 18.03.2020
27987
O‘zbekistonning 177 nafar fuqarosi Misrdan olib chiqildi

Misrda bo‘lgan 177 nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchini keltirish uchun charter reys tashkil etildi

Foto: KUN.UZ

2020 yil 18 mart kuni Misrda bo‘lgan 177 nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchilarni keltirish uchun «Sharm ash-Shayx - Navoiy» charter reysi tashkil etildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Qohira shahridagi elchixonasi TIVning Operativ shtabi va mamlakatning Transport va Sog‘liqni saqlash vazirliklari bilan birgalikda, 2020 yil 18 mart kuni Misrda bo‘lgan 177 nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchilarni keltirish uchun «Sharm ash-Shayx - Navoiy» charter reysini tashkillashtirgan.

O‘zbekiston Respublikasining Misr Arab Respublikasidagi elchixonasi Shtabining aloqa ma'lumotlari:

elchi Oybek Usmonov, +20233364516;
Sherzod Yoqubov, 2-kotib, +20233364516, +201024532719;
Durbek Xolbekov, 2-kotib, +20233364516, 201063085419;
Elektron manzil: shtabegypt@gmail.com;
Telegram: @shtabegypt, raqam: +201024532719.

Bundan oldin, Erondan 37 nafar o‘zbekistonlik olib kelingandi. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top