14:18 / 18.03.2020
31394
Mirziyoyev va To‘qayev koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev qozog‘istonlik hamkasbining qat'iy harakatlarini qo‘llab-quvvatlab, ular o‘z vaqtida va asosli ekanligini ta'kidladi

Foto: gov.kz

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qozog‘iston prezidentining saytida xabar qilindi.

Qayd etilishicha, davlat rahbarlari koronavirus pandemiyasining tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildilar, bir-birlariga kasallikka qarshi kurash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma'lumot berdilar. 

Shavkat Mirziyoyev qozog‘istonlik hamkasbining qat'iy harakatlarini qo‘llab-quvvatlab, ular o‘z vaqtida va asosli ekanligini ta'kidladi.

Prezidentlar oliy darajadagi hamkorlik va ikki mamlakat hukumatlari faoliyatini muvofiqlashtirish to‘g‘risida kelishib oldilar. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirish muhimligi to‘g‘risida fikr bildirildi.

Ma'lumot uchun, Qozog‘istonda ayni vaqtga kelib koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 32ta holat aniqlangan bo‘lsa, O‘zbekistonda 13ta holat qayd etildi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top