21:14 / 18.03.2020
12663
Venetsiya kanallarida karantindan keyin baliqlar va delfinlar paydo bo‘ldi 

Italiyada koronavirus epidemiyasi sababli kiritilgan karantin Venetsiya kanallarida baliqlar va hattoki delfinlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Shuningdek, Italiyaning boshqa shaharlarida o‘zini bamaylixotir tutayotgan yovvoyi hayvonlar payqalgan. 

Bir haftalik karantindan keyin Venetsiyada sayyohlar yo‘qligi sababli suv tiniqlashgan. Ta'kidlanishicha, bunday holat anchadan beri kuzatilmagan edi. 

Foto: Twitter/@Cosodelirante

Bundan tashqari, mahalliy aholi kanallarda baliqlar va delfinlar paydo bo‘lganini payqashgan. 

Twitter foydalanuvchisi Francesco Delrio ijtimoiy tarmoqda Venetsiyaning tiniq kanallari va ularda suzib yurgan baliqlar, delfinlar, favvorada suzib yurgan o‘rdak va shaharlardan birining maydonida yurgan to‘ng‘iz suratlari bilan bo‘lishgan.

“Havo ifloslanishi kamaydi. Tabiat Italiyadagi karantin vaqtida o‘z kuchlarini tiklamoqda”, deb izoh qoldirgan foydalanuvchi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top