21:30 / 19.03.2020
16119
Sherzod Asadov Tashqi ishlar vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi

Sherzod Asadov Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

Vazirlik matbuot xizmati xabar berishicha, 19 mart kuni vazirlikning kengaytirilgan hay'ati yig‘ilishida Sherzod Asadov vazir o‘rinbosari sifatida tanishtirilgan.

Sherzod Asadov 2015 yilda Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovga yordamchi etib tayinlangan, 2017 yilning oktyabrida O‘zbekiston Respublikasining Avstriyadagi elchixonasi maslahatchisi va muvaqqat ishlari vakili sifatida ishlay boshlagan, 2018 yilning kuzidan esa O‘zbekistonning Avstriyadagi favqulodda va muxtor elchisi, shuningdek, mamlakatning YeXHT va Vena shahridagi boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakiliga aylangandi.

Top