23:39 / 19.03.2020
39066

Fotoreportaj: Huvillagan talabalar shaharchasi

Koronavirus tufayli O‘zbekistonda 16 mart kunidan barcha o‘quv muassasalarida darslar to‘xtatildi. Maktab o‘quvchilari qatori oliy ta'lim muassasalari talabalari ham muddatidan oldin ta'tilga chiqdi.

Toshkent talabalar shahri. Respublikaning turli chekkalaridan kelgan yoshlar yillar davomida poytaxtdagi ta'lim maskanlarida tahsil olishadi.

Ayni vaqtda shahar ko‘chalarni to‘ldirib turadigan shovqin-suron ancha tinchib qolgan. Ayniqsa, sokinlik «Yoshlik» talabalar shaharchasida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Poytaxtning eng qaynoq nuqtalaridan biri bo‘lgan ushbu hududda 2ta yirik oliygoh: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti o‘quv binolari, shuningdek, 6ta OTMga qarashli 28ta talabalar turar joyi mavjud. Mazkur talabalar turar joylarida 8 mingdan ortiq talaba yashaydi. Har kuni taxminan 20 mingga yaqin talaba bu hududda harakatlanadi.

Ta'til e'lon qilinganidan keyin esa shaharcha huvillab qolgan. Bunday holat yilning shu davri uchun noodatiy hisoblanadi.

Fotograf – Nuriddin Nursaidov 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top