20:35 / 19.03.2020
10494

Kun.uz koronavirus bo‘yicha qisqa savol-javoblar ruknini ishga tushirdi

Bu rukn orqali qisqa savollarga lo‘nda, ammo mazmunli javoblar olish mumkin.

Foto: kubannews

Koronavirus O‘zbekistonda qayd etilganidan so‘ng shubhasiz eng ko‘p muhokama qilingan va qilinayotgan mavzuga aylandi. Bu jarayonda tabiiyki ko‘plab savollar ham tug‘iladi. Eng ko‘p qaytalanuvchi ana shunday savollarga tezkor javob berish maqsadida Kun.uz saytida “Koronavirus” – qisqa savol-javoblar rukni tashkil etildi.

Bu rukn dastlab har ikki yozuvda o‘zbek tilida va rus tilida yuritiladi. Kelajakda, mavzu dolzarbligiga ko‘ra ingliz tili ham qo‘shilishi mumkin.

O‘zbek tilida | Rus tilida

Rukndan foydalanish juda oson. Unga kirasiz va o‘zingizni qiziqtirgan savol ustiga bosasiz – qarabsizki javob paydo bo‘ladi.

Savol yo‘llash uchun saytning murojaatlar bo‘limiga elektron pochta yoki Telegram orqali bog‘lanish kifoya qiladi.

Astoydil istardikki, tez orada bu ruknga umuman hojat qolmasin!

 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top