19:05 / 19.03.2020
22871
«Men siz uchun ishda qolmoqdaman. Siz biz uchun uyda qoling»: Dunyo shifokorlari odamlarni uyda qolishga chorlovchi fleshmob e'lon qilishdi    

Butun dunyo shifokorlari koronavirus epidemiyasi sababli ijtimoiy tarmoqlarda odamlarni karantin vaqtida uyda qolishga chorlovchi fleshmob e'lon qilishdi.    

Fleshmobni malayziyalik shifokor Ji Tik Sheng boshlab bergan.

U Facebook’da “Men siz uchun ishda qolmoqdaman. Siz biz uchun uyda qoling” deb yozilgan varaqni ushlab turgan suratni e'lon qilgan.

O‘zbekistonlik shifokorlar ham fleshmobga qo‘shilib, ish joylarida shunday murojaat yozilgan varaqni ushlab tushgan suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirmoqdalar.  

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top