10:44 / 19.03.2020
10393

Uzbekistan Airways: bekor qilingan reyslar uchun chiptalarni topshirishda jarimalar va sanksiyalar bo‘lmaydi

Uzbekistan Airways bekor qilingan reyslar uchun chiptalarni topshirishda jarimalar va sanksiyalar bo‘lmasligini bildirdi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi o‘z rasmiy sahifasida yo‘lovchilarga maxsus murojaat bilan chiqdi. 

«Ayni paytda bizga aviachiptalarni topshirish va qayta bronlash masalasida ko‘plab murojaatlar va so‘rovlar kelib tushmoqda. Bizning xodimlarimiz ularning barchasini tezda hal qilish uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilishmoqda.

Bekor qilingan qatnovlarga bo‘lgan chiptalarni topshirish yoki cheklovlar bekor qilinganidan keyin amalga oshiriladigan aviakompaniyamizning qatnovlariga qaytadan bron qilishni istagan barcha yo‘lovchilar buni jarimalar va sanksiyalarsiz amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Biz aviakompaniyamizga bo‘lgan ishonchingizni juda yuqori baholaymiz, shuning uchun eng samarali yechimlarni topish uchun qo‘limizdan kelganini qilmoqdamiz. Sizning tushunishingiz, o‘zaro hurmat va qo‘llab-quvvatlashingizga umid qilamiz», deyiladi unda.

Joriy o‘zgarishlar va yangiliklar haqidagi barcha ma'lumotlarni uzairways.com sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalari orqali kuzatish mumkin:

Telegram — https://t.me/uzbekistanairways

Instagram — www.instagram.com/uzairways/

Facebook — https://www.facebook.com/uzairways.official/

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top