12:27 / 19.03.2020
2961

Xizmatlar sohasida korxona va tashkilotlarning soni 270,5 mingtaga yetdi 

Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida, savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar yuqori ulushni egallaydi 

Foto: Shutterstock

2020 yil 1 mart holatiga ko‘ra, xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni 270,5 mingtaga yetdi yoki ularning umumiy sonini 65,8 foizini tashkil etdi. 

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, 2019 yilning shu davriga nisbatan ularning o‘sishi 19,1 foizga oshdi.

2020 yil 1 mart holatiga ko‘ra, sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi - 17,7 foiz, qurilish - 9,0 foizga yetdi va atigi 7,5 foiz qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasi hissasiga to‘g‘ri keldi. 

Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida, savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar yuqori ulushni (39,5 foiz) egallaydi. Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlarning ulushi 9,8 foizni tashkil etdi. 

Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida tashish va saqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarning ulushi 5,8 foizga yetdi. Axborot va aloqa faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarning jami xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibidagi ulushi 3,0 foizga teng bo‘ldi. Sog‘liqni saqlash, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi 3,0 foizni tashkil etdi. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2020 yil yanvar-fevral oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 33,2 trln so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 6,4 trln so‘mga oshdi. Taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur'ati 12,9 foizni tashkil etdi. 

Top