11:00 / 19.03.2020
29347

Yunusobod metro liniyasi vaqtincha yopildi 

Bu yangi stansiyalarni ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida va texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan amalga oshirildi

Foto: KUN.UZ

Yunusobod metro liniyasi vaqtincha yopildi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” UK xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bugun, 19 mart kuni Toshkent metropolitenining Yunusobod liniyasi vaqtincha yopildi. 

Bu yangi stansiyalarni ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida va texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan amalga oshirilgani aytiladi.

Ta'kidlanishicha, Yunusobod liniyasi yaqin orada ochiladi. 

“Vaqtinchalik keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Bundan oldin, Toshkent metrosi uchun yana 10ta “Moskva” vagoni xarid qilinishi to‘g‘risida ma'lumot berilgandi. 

Mavzuga oid
Top