14:30 / 19.03.2020
10053

Yunusobod metro liniyasida harakat tiklandi 

Yangi metro stansiyalarini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan mazkur yo‘nalish vaqtincha yopilgan edi

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

Yunusobod metro liniyasida harakat tiklandi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ axborot-tahliliy media markazi xabar berdi.

Bugun, 19 mart kuni Yunusobod yo‘nalishida yangi metro stansiyalarini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan mazkur yo‘nalish vaqtincha yopilgan edi.  

Xabarda aytilishicha, hozirgi vaqtda harakat qayta tiklandi. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘ralgan.

Avvalroq,  Toshkent metrosi uchun yana 10ta “Moskva” vagoni xarid qilinishi to‘g‘risida ma'lumot berilgandi. 

Mavzuga oid
Top