12:39 / 20.03.2020
22048
Karantinga olingan fuqarolarning salkam 7 ming nafariga javob berildi - Nurmat Otabekov 

Hozir vaqtda 2,3 ming nafar kishi karantin muddatini o‘tamoqda 

Foto: KUN.UZ

Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasi boshlig‘i, davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazilmoqda. 

«Bugungi kunga qadar 9 mingdan ortiq kishi karantinga olingan va ularning 6800... salkam 7 ming nafariga uyiga javob berilgan. Hozir vaqtda 2,3 ming nafar kishi karantin muddatini o‘tamoqda», — davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov.

Avvalroq, 20 mart holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari o‘zgarishsiz qolgani xabar berilgandi. 
 
«O‘zbekiston Respublikasida 2020 yil 20 mart, soat 9:00 holatiga ko‘ra koronavirusdan kasallanganlar soni 23 nafar.

So‘nggi bir kunda O‘zbekistonda virusdan kasallanishning yangi holatlari ro‘yxatga olingani yo‘q», dedi Nurmat Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalinishning ilk holati 15 mart kuni qayd etildi. 11 mart kuni Fransiyadan uchib kelgan ayolga koronavirus infeksiyasi tashxisi qo‘yilgan. Ushbu ayol keyinchalik yana 11 kishiga (o‘g‘li, qizi, turmush o‘rtog‘i, nabirasi, onasi, kelini, hamkasbi va yana to‘rt qarindoshiga) virus yuqtirgani ma'lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, yana uchta yo‘nalishda O‘zbekistonga kirib kelganlarda virus aniqlangan:

15 mart kuni soat 05:15da Istanbul—Toshkent yo‘nalishidagi 274- reys (6 bemor);

uchinchisi, 14 mart kuni London–Toshkent yo‘nalishidagi 201-reys (4 bemor);

to‘rtinchisi, Dubay–Toshkent yo‘nalishidagi reys (1 bemor).

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top