16:13 / 20.03.2020
155348
Koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlarning ahvoli to‘g‘risida ma'lumot berildi

Koronavirus kasaliga chalingani aniqlangan bemorlarning ahvoli o‘rta og‘ir, barqaror. Ushbu kasallikka chalingan ilk bemorlar sog‘ayib bormoqda 

Foto: kp.kz

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan brifing o‘tkazildi. Unda koronavirusga chalingan bemorlarning ahvoli to‘g‘risida ma'lumot berildi.

Bahrom Almatovning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga chalingan ilk bemorlar sog‘aymoqda.

«Bugun koronavirus kasaliga chalingani aniqlangan bemorlarning ahvoli o‘rta og‘ir, barqaror. Ushbu kasallikka chalingan ilk bemorlar sog‘ayib bormoqdalar, ular o‘zlarini yaxshi his etishmoqda. 

Davolash muassasalarimizda tashkil qilingan dori-darmonlar zaxirasi, tibbiy asbob-anjomlar, o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va samarali davolash uchun barcha sharoit mavjud», - Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori.

Bundan oldin, Bahrom Almatov agar koronavirusga chalingan fuqarolar to‘liq tuzalib chiqsa, kasallik qaytalanmasligi haqida aytgandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top