15:07 / 20.03.2020
21455
Koronavirusga chalingan fuqarolar to‘liq tuzalib chiqsa, kasallik qaytalanmaydi - Bahrom Almatov

Faqatgina to‘liq tuzalmasdan shifoxonadan chiqarib yuborilganlar qayta shifoxonaga murojaat qilishi mumkin

Foto: KUN.UZ

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan brifing o‘tkazilmoqda. Unda koronavirusga qarshi kurash masalasi to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda.

«Agar koronavirusga chalingan fuqarolar to‘liq tuzalib chiqsa, kasallik qaytalanmaydi. Asoratlari ham qolmaydi. Faqatgina to‘liq tuzalmasdan shifoxonadan chiqarib yuborilganlar qayta shifoxonaga murojaat qilishi mumkin», — dedi Bahrom Almatov.  

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, maktablarni dezinfeksiya qilish uchun aholi yoki o‘quvchilardan pul yig‘ish noto‘g‘ridir.

«Maktablarni dezinfeksiya qilish uchun aholi yoki o‘quvchilardan pul yig‘ish noto‘g‘ri. Maktablarni dezinfeksiya qilish maktab rahbarlari va dezinfeksiya qiluvchilar o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bolalardan yoki aholi vakillaridan buning uchun haq olish noto‘g‘ri», — dedi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori.

Avvalroq, Prezident xitoylik mutaxassislarni maxsus reys bilan O‘zbekistonga olib kelib, profilaktika tadbirlari bo‘yicha maslahat va ko‘mak olib bo‘yicha topshiriq bergani haqida xabar qilingandi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top