12:36 / 20.03.2020
175144
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 33 nafarga yetdi

Avvalgi bemorlar bilan aloqada bo‘lgan 9 kishi virus yuqtirgan, shuningdek, xorijdan kelgan bir o‘zbekistonlikda virus aniqlangan

«So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan yaqinlaridan 9 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Shuningdek, xorijdan kelgan yana bir nafar fuqaroda ham ushbu infeksiya borligi tasdiqlangan. Ayni paytga kelib, koronavirus infeksiya aniqlangan bemorlar soni 33 nafarga yetdi.

Infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top