20:13 / 20.03.2020
6395
Samarqandlik chaqiriluvchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasiga muddatli harbiy xizmatga kuzatildi

Bugun, 20 mart kuni Markaziy harbiy okrugida joylashgan Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida 150 nafar samarqandlik chaqiriluvchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasiga muddatli harbiy xizmatga kuzatildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma'lum qildi.

Tadbirda okrug qo‘mondonligi, Samarqand viloyati mudofaa ishlar boshqarmasi hamda tuman hokimligi vakillari ishtirok etdi. 

– Maxsus komissiya qaroriga asosan, mamlakatimizda xavfli infeksiyani tarqab ketishini oldini olish maqsadida ommaviy bayram tadbirlari vaqtincha cheklandi, – dedi okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidov. – Shu sababli armiyaga kuzatilayotgan fuqarolarning ota-onasi va yaqinlari ushbu tantanali marosimda ishtirok eta olmayapti. Bu vaqtincha, albatta. Biroq tuman va viloyat yig‘in punktlarida tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, chaqiriluvchilarning ota-onalari farzandlarini xizmatga kuzatish uchun harbiy qism hamda temiryo‘l vakzali oldida ommaviy yig‘ilmoqda. Bu esa hozirgi paytda o‘z hayoti va o‘zgalar sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yish bilan barobar. Xavotirga o‘rin yo‘q. Armiyada askarlar uchun uyidagidan ziyoda sharoit yaratilgan. Farzandi sog‘lig‘i haqida qayg‘urganlarga shuni aytmoqchimanki, xavfga qarshi barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. 

Kuzatish tantanasida bo‘lajak askarlarga “Armiya – hayot maktabi” risolasi, tarixiy kitoblar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Top