17:59 / 20.03.2020
19394
UZTELECOM Kun.uz va boshqa saytlarga bepul kirish imkonini taqdim etdi

«O‘zbektelekom» O‘zbekistondagi qator yangiliklar saytlariga kirishda internet-trafik sarflanmasligini ta'minladi. Shuningdek, kompaniya bir qator axborot-ta'lim resurslariga ham bepul kirish imkonini taqdim etgan.

«Hurmatli abonentlar! Koronavirus tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida «O‘zbektelekom» AK o‘zining simli Internet va mobil aloqa («O‘zMobayl» filiali) abonentlari uchun karantin davrida qator ommaviy axborot vositalari saytlari hamda ta'lim manbalaridan bepul foydalanish,  shuningdek, mobil aloqa abonentlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining yagona «1003» qisqa raqamli ishonch telefoniga bepul qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish hamda «ZiyoNET» xizmatidan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etadi*», deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarida. 

To‘liq va ishonchli ma'lumot hamda masofaviy ta'lim olish uchun 2020 yil 20 martdan 1 maygacha UZTELECOM abonentlari cheklovsiz va Internet trafik sarf etmagan holda quyidagi manbalardan foydalanishlari mumkin: 

Internet nashrlar: 
daryo.uz
gazeta.uz
kun.uz
podrobno.uz
repost.uz
spot.uz
uzreport.news
uznews.uz
xabar.uz

Ta'lim bo‘yicha veb-manbalar:

edumarket.uz
eduportal.uz
emis.uzedu.uz
itschool.uz
itsm.uz
kitob.uz
kundalik.com
online-maktab.uz
stat.uzedu.uz
talim.uzedu.uz
uzedu.uz
utube.uz

Koronavirus tarqalishining interaktiv xaritasi:
coronovirus.uz

«1003» qisqa raqami orqali kecha-yu kunduz faoliyat yuritadigan ishonch telefoniga qo‘ng‘iroqlar ham mobil aloqa abonentlari uchun doimiy tarzda bepul bo‘ladi.

Axborot markaziga koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq savollar, kishining va uning yaqinlari salomatligi holati bo‘yicha murojaat qilish mumkin. 

Bundan tashqari, «1003» raqami orqali mutaxassislardan «tibbiyot nuqtayi nazaridan asosli javoblar va tavsiyalar» olish mumkin. 

ZiyoNET xizmati - yoshlarga va o‘sib kelayotgan avlodga ta'limga oid manbaalardan foydalanishni tashkillashtirish imkoni beradi. ZiyoNET axborot resurslari yagona reyestri bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin. 

UZTELECOM o‘z abonentlari haqida qayg‘uradi! 

* Izoh: bepul foydalanish quyidagi shartlarda taqdim etiladi:

  • abonent holati faol bo‘lishi kerak;
  • bepul kirish ta'minlangan manbalarning IP-manzillari o‘zgartirilganda,  shuningdek ko‘rsatilgan saytlar va ilovalarga kirmaydigan trafik uchun (uchinchi tomon xizmatlari va ilovalarni ishlatishda paydo bo‘ladigan smartfon operatsion tizimidagi trafik) o‘zgartirilganda, abonent tarif rejasiga binoan yoki asosiy balansdan ushbu manbalarga kirish uchun to‘lov olinadi. Proksi-server (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan saytlar va dasturlarga kirishda bepul kirish ta'minlanmaydi;
  • ZiyoNET xizmatdan bepul foydalanish faqatgina GSM standartidagi mobil aloqa abonentlariga taqdim etiladi. 
Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top