13:48 / 21.03.2020
5117
OKMK hududidagi konteynerdan 79 316 666 so‘mlik uskunalarni o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi

Talon-toroj qilingan uskunalarning katta qismi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan 

Foto: Tergov departamenti

2020 yilning 18 fevral kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxslar Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hududida joylashgan konteyner ichida saqlanayotgan umumiy narxi 79 316 666 so‘mlik uskunalarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi IIV TQHB 1-sonli IIB tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Olib borilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida mazkur jinoyatni kombinat qo‘riqlash xizmati xodimlari 38 yoshli X.N., 28 yoshli A.E., A.A., Sh.O., suvoqchi, 31 yoshli N.N. va 39 yoshli D.A. tomonidan sodir etilganligi aniqlangan. 

Talon-toroj qilingan uskunalarning katta qismi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan. Jinoyat ishi bo‘yicha N.N., A.A. va O.Sh. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan, E.A. va N.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayb e'lon qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Qayd etilishicha, hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda. 

Top