07:35 / 21.03.2020
9975
O‘zbekiston Benilyuks davlatlari va Daniya bilan fuqarolarning bo‘lib turish muddatini uzaytirish to‘g‘risida kelishuvga erishdi 

Ushbu mamlakatlardagi O‘zbekiston fuqarolariga vizasining amal qilish muddati tugamasdan mahalliy migratsiya xizmati bo‘limlariga murojaat qilishlari qat'iy tavsiya qilinmoqda

Foto: Getty Images

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati Benilyuks davlatlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, mamlakatning Bryussel shahridagi elchixonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2020 yilning 16 mart kunidan boshlab diplomatik vakolatxona huzurida Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg va Daniya hududida yashovchi O‘zbekiston fuqarolarining murojaatlariga o‘z vaqtida javob qaytarish uchun operativ shtab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Elchixona Benilyuks davlatlari va Daniya vakolatli organlari bilan O‘zbekiston fuqarolarining bo‘lib turish muddatlarini uzaytirish to‘g‘risida kelishuvga erishdi. Shu munosabat bilan ushbu mamlakatlardagi O‘zbekiston fuqarolariga vizasining amal qilish muddati tugamasdan mahalliy migratsiya xizmati bo‘limlariga murojaat qilishlari qat'iy tavsiya qilinmoqda.

Bildirilishicha, karantin chog‘ida elchixonada konsullik-huquqiy xizmatlarni ko‘rsatish masofadan turib (bevosita tashrif buyurmasdan) amalga oshiriladi.

Zarur hollarda O‘zbekiston fuqarolari Bryussel shahridagi elchixona huzuridagi operativ shtabga murojaat qilishlari mumkin:

Shtab rahbari – O‘zbekiston Respublikasi favqulodda va muxtor elchisi Hakimov Dilyor, +3226612040, +3226612041, ambassador@uzbekistan.be.

Shtab rahbari o‘rinbosari – Mamatov Ravshan, +3226612046, benelux@uzbekistan.be.

Shtab a'zolari:

A'zamov Ulug‘bek, +3226612047, natomission@uzbekistan.be;
Sobirov Bobur, +3226612049, belg@uzbekistan.be;
Akbarov Anvarjon, +3226612045, natomission1@mfa.uz;
Abdurashidov A'zamjon, +32488414806 (mobil), +3226612042, consulat@uzbekistan.be;

Shtab manzili: Av.F.Roosevelt, 99 B-1050 Brussels. 
Telefonlar: +32488414806 (mobil), +3226612042, +3226612040, +3226728844.
Elektron manzil: consulat@uzbekistan.be
Telegram: https://t.me/uzbbenelux

Top