11:12 / 21.03.2020
132829
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 37 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni ayni paytgacha 37 nafarga yetdi

Foto: Toshshahartransxizmat

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni ayni paytgacha 37 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Bundan oldin, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 33 nafarga yetgani xabar qilingandi.

Avvalroq, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov koronavirusga chalingan bemorlarning ahvoli to‘g‘risida ma'lumot bergandi.

«Bugun koronavirus kasaliga chalingani aniqlangan bemorlarning ahvoli o‘rta og‘ir, barqaror. Ushbu kasallikka chalingan ilk bemorlar sog‘ayib bormoqdalar, ular o‘zlarini yaxshi his etishmoqda. 

Davolash muassasalarimizda tashkil qilingan dori-darmonlar zaxirasi, tibbiy asbob-anjomlar, o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va samarali davolash uchun barcha sharoit mavjud», - Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori.


 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top