13:14 / 21.03.2020
29355
Rossiya O‘zbekistonga COVID-19'ni aniqlash bo‘yicha testlar yetkazib berdi

Rospotrebnadzor «Vektor» FDBI ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan test tizimlarini 13 mamlakat, shu jumladan YeOII, MDH, Eron, Mo‘g‘uliston va KXDRda COVID-19 bo‘yicha 100 mingdan ortiq tadqiqotlarni o‘tkazish uchun taqdim etdi.

Foto: Getty Images

Matbuot xizmati xabarida aytilishicha, Misr, Serbiya va Venesuelaga test tizimlarini jo‘natish kutilyapti.

Ma'lum bo‘lishicha, Rossiya diagnostika vositalaridan foydalangan holda yangi koronavirus keltirib chiqaradigan yuqumli kasallikning ilk holatlari Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda aniqlangan.

«Rospotrebnadzor dunyo bo‘ylab yangi koronavirus epidemiyasining tarqalishining oldini olish uchun xorijiy sheriklarga moddiy, texnik va uslubiy yordam ko‘rsatishni davom ettiradi», - deyiladi matbuot xizmati xabarida. 

Avvalroq, bemor telefonni ikkinchi odamga berganda, virus ham o‘tishi mumkin ekani ma'lum qilingandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top