14:35 / 21.03.2020
7169
SEOA direktori: «Antibiotik viruslarga qarshi vosita emas»

Antibiotik viruslarga qarshi vosita emas. Aksincha, antibiotiklar inson immunitetini tushiradi 

Bahrom Almatov / Foto: Sputnik

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan brifing o‘tkazildi. Unda koronavirusga qarshi kurash masalasi to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori antibiotiklar koronavirusning oldini olishi mumkin ekani haqida berilgan savolga javob qaytardi.

«Yo‘q. Antibiotik viruslarga qarshi vosita emas. Aksincha, antibiotiklar inson immunitetini tushiradi. Shuning uchun vrach tavsiyasisiz turli antibiotiklar qabul qilmasligingizni so‘rayman», - dedi Bahrom Almatov.

Bundan oldin, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori bemor telefonni ikkinchi odamga berganda, virus ham o‘tishi mumkin ekanini ma'lum qilgandi.

Top