11:47 / 21.03.2020
8486

Surxondaryoda YTH natijasida piyoda vafot etdi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Illyustrativ foto

2020 yil 18 mart kuni Qumqo‘rg‘on tumanining “Elabod” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-41 avtomobil yo‘lining 1537-kilometrida, Sho‘rchi-Qumqo‘rg‘on yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan, tumanning “Joziba” mahallasida yashovchi N.X. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasi bilan yo‘lni chapdan o‘ngga kesib o‘tayotgan piyoda, Qiziriq tumanida yashagan N.P.ni turtib yuborgan. 

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, natijada N.P. sud-tibbiy ekspertizasining 2020 yilning 19 mart kunidagi xulosasiga ko‘ra “hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir” tan jarohati olib kasalxonada vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan 19 mart kuni tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan N.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top