18:42 / 21.03.2020
12189
Tibbiyot niqobini ishlab chiqarish, tayyorlash va sotish uchun litsenziya talab etilmaydi

Ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda kuniga 2 mln dona tibbiy niqob ishlab chiqarilmoqda.

Foto: KUN.UZ

Sog‘liqni saqlash vazirining “Tibbiy buyumlar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
 
Kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, endilikda tibbiyot niqobini ishlab chiqarish, tayyorlash hamda uni realizatsiya qilish uchun litsenziya talab etilmaydi. 

Shuningdek, tibbiyot niqobi amaliyotda qo‘llash uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.

Ushbu buyruq aholining salomatligini muhofaza qilish uchun shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlash va tibbiyot niqobi taqchilligini oldini olish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga keng imkoniyat yaratish maqsadida qabul qilindi.

Avvalroq farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev O‘zbekistonda kuniga 2 mln dona tibbiy niqob ishlab chiqarilganini ma'lum qilgandi. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top