23:08 / 21.03.2020
4962
Xokkey bo‘yicha jahon chempionati bekor qilindi

Musobaqa 8-24 may kunlari Shveytsariyada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi.

Foto: AP / LEHTIKUVA, Martti Kainulainen

Shveytsariyaning Tsyurix va Lozanna shaharlarida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan xokkey bo‘yicha jahon chempionati koronavirus pandemiyasi sababli bekor qilindi. Bu haqda Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqa 8-24 may kunlari o‘tkazilishi kerak edi.

Xokkey bo‘yicha jahon chempionati 1920 yildan buyon o‘tkazib kelinadi, Finlyandiya terma jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.

Avvalroq UYeFA 2020 yilgi Yevropa chempionatini 2021 yilda o‘tkazishga qaror qilgandi

Top